Jizzaxda ayol farzandlari ko‘z o‘ngida kaltaklanib, zo‘rlandi 

3-sahifa

image
0:00
0:00
download

Jizzax viloyatining Zomin tumanida ayol farzandlari ko‘z o‘ngida kaltaklanib, zo‘rlandi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi. 

Qayd etilishicha, Zomin tumani “Peshag‘or” QFYda yashovchi uy bekasi, 2 nafar farzandning onasi B.Z. tuman IIBga murojaat qilgan. 

Murojaatda u joriy yilning 24 iyul kuni soat 02:45 da o‘zining yashash uyiga “Yoshlik” mahallasida istiqomat qiluvchi D.A. hamda uning mahalladoshi A.A. yotoqxona derazasi orqali kirib, uni qo‘rqitib, yuzlariga bir necha marotaba urib, majburlab, zo‘rlab nomusiga tekkanligi sababli qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan. 

Holat yuzasidan Zomin tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan D.A. va A.A.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi jinoyat kodeksining 118- moddasi 2- qismi “v, g” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

5133

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing