Jizzaxda avtobus va yuk mashinasi ishtirokidagi YTH oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi (video)
3-sahifa
−
13 aprel
6844Bugun, 13 aprel kuni ertalab Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida qoraqalpog‘istonlik ikki nafar fuqaro vafot etdi. Bu haqda Jizzax viloyat Ichki ishlar boshqarmasi ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumani “So‘loqli” mahallasi hududidan o‘tgan Toshkent-Termiz M-39 yo‘lining 998-kilometrida “Yutong” avtobusi “Howo” rusumli yuk mashinasining orqasidan urilgan. Qoraqalpog‘iston Respublikasining Xo‘jayli hamda Mo‘ynoq tumanida yashagan 2 nafar fuqaro olingan tan jarohatlari oqibatida vafot etgan.
Shuningdek, Qoraqalpog‘istonning Nukus shahri va Taxiatosh tumanida yashovchi 3 kishi hamda 1 nafar fransiyalik turli darajada jarohat olgan. Tibbiy yordamga muhtojlarga tegishli yordamlar ko‘rsatilmoqda. Hududda avtobusning boshqa yo‘lovchilarini manzillariga yetkazish choralari ko‘rilyapti.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 12 aprel kuni Toshkentda 19 yoshli “prava”siz haydovchi piyodaning umriga zomin bo‘lgan edi.