Jizzaxda aliment undirishga borgan MIB xodimi pichoqlandi

3-sahifa

image

Joriy yilning 5 avgust kuni Jizzax viloyati Baxmal tumanida Majburiy ijro byurosi xodimi fuqaro tomonidan pichoqlandi. Bu haqda viloyat IIB Matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Baxmal tumani MIB ijrochisi “Qutlug‘obod” mahalla fuqarolar yig‘inining “Kaltatoy” qishlog‘ida yashovchi fuqarodan voyaga yetmagan farzandi foydasiga pul undirish uchun borgan. O‘sha vaqtda mast bo‘lgan fuqaro aliment pulini bermaslik maqsadida janjal ko‘tarib, oshxona pichog‘i bilan xodimning tanasiga bir necha marotaba urib, jarohat yetkazgan. 

Oqibatda jabrlanuvchi “qorin bo‘shlig‘ining chap va pastki qismi, ko‘krak qafasining chap biqin sohasi hamda chap yelka sohalariga sanchilib kirgan jarohati” tashxisi bilan tuman tibbiyot birlashmasi bo‘limiga yotqizilgan. Ko‘rsatilgan tibbiy muolajalar natijasida uning hayoti saqlab qolingan.

Viloyat IIB fuqaroga nisbatan qonuniy chora ko‘rish uchun jinoyat ishi ochilgan-ochilmagani haqida ma’lumot bermagan.

Farangiz Salimova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

240

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing