Jizzaxda “Afrosiyob” poyezdi ikki bolani urib ketdi

3-sahifa

image
0:00
0:00
download

Jizzax viloyatida Toshkent – Samarqand yo‘nalishida soatiga 190 kilometr tezlikda harakatlanayotgan “Afrosiyob” tezyurar poyezdi ikki nafar voyaga yetmagan bolani urib ketdi. Bu haqda viloyat IIB Matbuot xizmati xabar berdi.

Hodisa Jizzax viloyati G‘allaorol tumani hududidan o‘tgan temir yo‘lning 3652- kilometrida yuz bergan

Oqibatda 2007 yilda tug‘ilgan jabrlanuvchilardan biri shifoxonada ko‘rsatilgan muolajalarga qaramasdan hayotdan ko‘z yumgan, ikkinchi bola hozirda jonlantirish bo‘limida qolmoqda.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 7 iyun kuni Toshkent viloyatida bir kunda ikki kishini poyezd urib ketgan va jabrlanuvchilar vafot etgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1029

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing