Jizzaxda 8 avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

3-sahifa

image

Jizzaxda avtobus haydovchisining uxlab qolishi oqibatida jami 8 avtomobil, jumladan avtobus ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati ma’lum qildi. 

Holat kecha, 17 yanvar kuni soat 21:00 larda Jizzax shahar “Mustaqillik shoh” ko‘chasida qayd etilgan. 

Ma’lum qilinishicha, “ANKAI” rusumli “Jizzax avtotrans servis” MCHJga qarashli yo‘lovchi tashuvchi avtobusni yo‘lovchilarsiz boshqarib ketayotgan haydovchi A.N. harakat davomida charchoq alomati bo‘lib, uxlab qolishi oqibatida rul boshqaruvini yo‘qotgan va “JizzaxPlasTex” korxonasi oldidagi avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchasida o‘zi bilan bir yo‘nalishda oldinda navbat kutib to‘xtab turgan:

1) haydovchi Q.A.ga tegishli “Damas” rusumli avtomobilning orqa qismiga kelib urilishi natijasida “Damas” avtomobili yo‘lning o‘ng tomon chetiga chiqib ag‘darilib ketgan hamda avtobus harkatini davom ettirib:

2) haydovchi T.K.ga tegishli Nexia-2 rusumli;

3) haydovchi T.U.ga tegishli Nexia-2 rusumli;

4) haydovchi Z.Sh.ga tegishli Cobalt rusumli;

5) haydovchi X.A.ga tegishli Nexia-3 rusumli;

6) haydovchi U.S.ga tegishli Nexia-2 rusumli;

7) haydovchi R.I.ga tegishli bo‘lgan Lacetti rusumli avtomobillarga, jami 7 ta transport vositalariga to‘qnashib, YTH sodir etgan.

YTH oqibatida Damas avtomobili haydovchisi A.Q.ga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilib, ambulator tartibda davolanish uchun yashash manziliga yuborilgan.

Mazkur YTH yuzasidan Jizzax viloyati IIB JXX YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 12 yanvar kuni poytaxt 12 yanvar kuni Toshkentda 17 ta avtomobil ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgandi. 


Maqola muallifi

Teglar

YTH Jizzax

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing