Jizzaxda 4 ta mashina to‘qnashib ketdi (video)
3-sahifa
−
06 may 2025 8202 1 daqiqa
Bugun, 6 may kuni Jizzax shahrida GAZ, ZIL, Nexia-2 va Gentra ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, ushbu hodisa taxminan soat 13:18 atrofida Jizzax shahri “Do‘stlik” mahallasidan o‘tuvchi Qaliya ko‘chasida sodir etilgan. YTH yuk tashishga mo‘ljallangan GAZ, ZIL hamda yengil turdagi Nexia-2 va Gentra rusumli transport vositalari ishtirokida sodir etilgan.
Bildirilishicha, Nexia-2 hamda Gentra rusumli transport vositalari haydovchilari yengil turdagi tan jarohati olgani sababli shifoxonaga yuborilgan. Hodisa oqibatida og‘ir turdagi tan jarohati olganlar yo‘q.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrining Yashnobod tumanida Damas va Cobalt avtomobillari yonib ketgandi. Hodisa oqibatida tan-jarohati olganlar bo‘lmagan.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025