Jizzaxda 3 yigit 20 yoshli qizni o‘g‘irlab ketdi

3-sahifa

image

Jizzax viloyati Mirzacho‘l tumanida 20 yoshli qiz uch kishi tomonidan o‘g‘irlab ketildi. Qiz ishga bormaganidan so‘ng, yo‘qolgani ma’lum bo‘lgan. Bu haqda "POSTDA" nashri xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, Mirzadala shaharcha fuqarolar yig‘inida yashovchi fuqaro ichki ishlar organlariga murojaat qilib, 20 yoshli qizi uyidan chiqib, ishiga bormaganini bildirgan.  Olib borilgan surishtiruvlar davomida qizning o‘g‘irlanganligi aniqlandi.

Qayd etilishicha, tuman markazida yashovchi uch nafar yigit jabrlanuvchining qarshilik ko‘rsatishiga qaramasdan uni Nexia rusumli avtomobilga majburlab o‘tqizib, Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi hududiga olib ketgan.

Qizni olib ketgan shaxslar Mirzacho‘l tumanining “Do‘stlik” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi X.M., “Yerjar” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi H.M. hamda B.A. ekanligi aniqlandi. 

Mazkur holat yuzasidan X.M, X.M. va B.A. ismli shaxslarga tegishli tartibda jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Diyora Abdurahmonova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

914

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing