Jizzaxda YTH: 3 yashar qiz halok bo‘ldi

3-sahifa

image

Joriy yilning 19 oktyabr kuni Jizzax viloyatida 3 yoshli qizchani “Jiguli” rusumli avtomobil urib yubordi. Qizcha voqea joyida vafot etgan. Bu vaqtda uning ota-onasi qo‘shnisining uyida to‘yda bo‘lgan. Bu haqda viloyat  Ichki ishlar boshqarmasi Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, voqea soat 19:00 atrofida Jizzax viloyatining G‘allaorol tumani hududidan o‘tuvchi 4R38 avtomobil yo‘lining 41-kilometrida sodir bo‘lgan. 1995 yilda tug‘ilgan haydovchi Vaz 21063 rusumli avtomashinada e’tiborsizlik sababli yo‘lni o‘ng tomondan chap tomonga kesib o‘tayotgan 2018 yilda tug‘ilgan piyodani urib yuborib, yo‘l transport hodisasi sodir etgan. 

Tuman IIB YHXB boshlig‘ining so‘zlariga ko‘ra, bu vaqtda 3 yoshli qizchaning ota-onasi qo‘shnisining uyida to‘yda bo‘lgan. Ota-onaning e’tiborsizligi tufayli yo‘lning belgilanmagan qismidan kesib o‘tayotgan 3 yoshli qiz avtomobil urib yuborishi oqibatida halok bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

319

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing