Jizzaxda 10 nafar o‘qituvchining soxta diplom bilan ishlayotgani aniqlandi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Jizzax viloyatida 10 nafar o‘qituvchi soxta diplomlar asosida ishlayotgani aniqlandi. Bu haqda viloyat prokuraturasi xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, Sharof Rashidov tuman prokuraturasi tomonidan tuman XTBda o‘tkazilgan tekshiruv davomida Abdulla Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika instituti, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti, Samarqand davlat universiteti va Guliston davlat universitetlarida tahsil olmagan 10 nafar o‘qituvchilar soxta diplomlar asosida ishlab kelayotganligi holati aniqlangan.

Holat yuzasidan Sharof Rashidov tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 228-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda tegishli tartibda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

200

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing