Jizzax viloyati hokimiga yangi birinchi o‘rinbosar tayinlandi

Jamiyat

image

Nodirbek Muxtorovich Rajabov Jizzax viloyati hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi. Viloyat hokimining tegishli qarori joriy yilning 10 oktyabr kuni imzolandi.

Nodirbek Rajabov 1972 yilda Jizzax viloyati Zarbdor tumanida tug‘ilgan. 1996 yiilda Toshkent davlat sharqshunoslik instituti hamda 2003 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan. O‘zoq yillar davomida bank sohasida turli xil lavozimlarda faoliyat olib borgan.

Nodirbek Rajabov Jizzax viloyati hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari etib tayinlangunga qadar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati, Mehnat va ijtimoiy masalalar qo‘mitasi a’zosi sifati ishlab kelayotagandi.

Eslatib o‘tamiz, Nodirbek Rajabovdan oldin, Jizzax viloyati hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari bo‘lgan G‘anisher Abdukarimovich Mamatqulov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 14 avgustdagi qarori bilan Iqtisodiyot va sanoat vazirining o‘rinbosari – O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi direktori lavozimiga tayinlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

tayinlov Jizzax

Baholaganlar

41

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing