Jizzax va Sirdaryoda irrigatsiya ob’ektlarini qurish bo‘yicha yangi tartib o‘rnatiladi
Jamiyat
−
13 avgust 2020
3918O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida suv resurslaridan samarali foydalanish va yerlarning meliorativ holatini yaxshilash bo‘yicha kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.
Qarorga muvofiq, 2020–2023 yillarda Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida irrigatsiya va melioratsiya ob’ektlarini qurish, rekonstruksiya qilish hamda melioratsiya ob’ektlarini ta’mirlash bo‘yicha manzilli ro‘yxatlar tasdiqlandi.
Jumladan, belgilangan yillarda bu borada Jizzax viloyatida umumiy qiymati 1 trln 166 mlrd 302 mln so‘m, Sirdaryo viloyatida umumiy qiymati 1 trln 457 mlrd 380 mln so‘m bo‘lgan loyihalarning amalga oshirilishi nazarda tutilgan.
2021 yildan boshlab irrigatsiya va melioratsiya ob’ektlarini qurish, rekonstruksiya qilish hamda melioratsiya ob’ektlarini ta’mirlash va tiklash bo‘yicha ustuvor loyihalarni tanlash va amalga oshirishning quyidagi tartibi o‘rnatiladi:
• ustuvor loyihalar bo‘yicha takliflar joyida har bir hududning suv ta’minoti, yerlarning meliorativ holati va boshqa o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan hamda muammolar tahlilini qilgan holda mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda shakllantiriladi;
• ustuvor loyihalar bo‘yicha takliflar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va viloyatlar xalq deputatlari Kengashlarida muhokama qilinadi va ma’qullangandan so‘ng belgilangan tartibda amalga oshiriladi;
• har bir loyihaning amalga oshirilishi holati tegishli xalq deputatlari mahalliy Kengashlaridagi partiya guruhlari tomonidan nazorat qilib boriladi.
LiveBarchasi