Jizzax shahri atrofida 10 km aylanma yo‘l quriladi

Jamiyat

image

Jizzax viloyati markaziga kirish va chiqishdagi temiryo‘l kesishmalarida yuzaga keladigan tirbandliklar ko‘p yillardan buyon odamlarni qiynab kelmoqda. Bu haqda bugun, 2 dekabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida o‘tayotgan Xalq deputatlari Jizzax viloyati Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida ma’lum qilindi. 

Aholining talab va istaklarini inobatga olib, shahar ichidagi tirbandlikni bartaraf etish uchun 10 kilometrli aylanma yo‘l quriladi. 

Shuningdek, Dashtobod shaharchasi va Xovos tumani o‘rtasidagi temir yo‘l ustidan ham yangi ko‘prik qurilishi boshlandi. 

Shu kunga qadar 200 mingdan ortiq aholisi bor Jizzax shahrida shahar shifoxonasi bo‘lmagan. Bugun, 2 dekabr kuni Prezident Mirziyoyev Jizzax shahri Oqqo‘rg‘on mahallasida viloyat Ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi uchun qurilgan yangi bino bilan tanishdi. Endi viloyat shifoxonasining eski binosi o‘rnida shahar markaziy shifoxonasi va poliklinikasi tashkil etiladi. 

Mazkur ob’ektni keyingi yil investitsiya dasturiga kiritib, ta’mirlash va jihozlash uchun 20 milliard so‘m ajratish topshirildi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Jizzax

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing