Jizzahda mudhish YTH sodir bo‘ldi. Qurbon bor
3-sahifa
−
09 aprel 2021 9590 1 daqiqa
Jizzax viloyatida sodir bo‘lgan YTH oqibatida bir nafar fuqaro vafot etgan, ikki nafari og‘ir tan jarohati olgan. Bu haqda IIV YHXBB Axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 6 aprel kuni soat 14:30 larda Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanidan o‘tgan xalqaro Toshkent – Termiz yo‘nalishidagi “M-39” yo‘lida yo‘l-transport hodisasi yuz bergan.
Ma’lum qilinishicha, KMC rusumli yuk avtomobili boshqaruvidagi haydovchi o‘zidan oldingi Lacetti rusumidagi avtomobilning orqa qismiga urilishi oqibatida Lacetti qarama-qarshi yo‘nalishga o‘tib ketib, ushbu yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan VAZ-2106 rusumidagi avtomobil bilan to‘qnashib pastlikka tushib ketgan.
Mazkur yo‘l-transport hodisasi oqibatida 2 nafar fuqaro turli darajadagi tan jarohati olib, 1 nafar fuqaro voqea joyida vafot etgan.
Umida Sattorova
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025