Jizzahda bochkaning ichidan jasad topildi

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Jizzax viloyati Forish tumani Sayyod qishlog‘ida bochkaning ichidan noma’lum shaxs jasadi topilgani aks etgan tasvirlar tarqaldi. Bosh prokuratura ushbu xabarni QALAMPIR.UZ’ga tasdiqladi.

Unga ko‘ra, fuqaro F.Q. Forish tuman IIBga telefon qilib, Forish tumani, Sayyod MFY katta Bog‘don qishlog‘idagi tokzoridan xabar olish uchun kecha, 4 yanvar kuni borganida, bog‘da buloq suvlarini yig‘ishga mo‘ljallangan 6 tonnalik temir bochkasining og‘zi ochiqligini ko‘rgani, uning noma’lum shaxsning murdasi borligi haqida xabar bergan.

Tezkor-tergov guruhi voqea joyiga yetib borganida haqiqatdan ham bochka ichidan 50-55 yosh atrofidagi osiyo millatiga mansub, shaxsi noma’lum erkakning murdasi tan jarohatisiz topilgan. 

Sudga oid tibbiyot ekspertizasining 2023 yil 5 yanvardagi 2-sonli xulosasida qayd etilishicha, marhum sovuq qotishi natijasida vafot etgan, o‘limidan tekshiruvga qadar 20-25 kun o‘tgan, o‘limga sabab bo‘luvchi tan jarohatlari aniqlanmagan.

Ko‘zdan kechirish jarayonida marhumning shimi orqa cho‘ntagida 52 ming so‘m pul, sport kostyumining cho‘ntagidan ikki dona buklangan yashil rangli daftarlar topilgan.

Murdaning shaxsini aniqlash uchun barmoq izlari olingan va ayni paytda O‘zbekiston Respublikasi IIB “ADIS SONDA” bazasidagi barmoq izlari bilan solishtirib ko‘rilmoqda.

Bosh prokuraturadan ma’lum qilinishicha, Forish tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilib, tekshiruvning borishi nazoratga olingan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Buxoroda o‘zini osib qo‘ygan ikki ayolning jasadi topilgani haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing