Jinoyatda ayblangan sobiq hokim o‘rinbosari lavozimiga qayta tiklandi

Jamiyat

image

Jinoyatda ayblanib, ishdan bo‘shatilgan Qibray tumani hokimining sobiq o‘rinbosari Rahmonali Xo‘jaqulov oqlanib, ishiga qayta tiklandi. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherboyev ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, ishdan bo‘shatilgan Rahmonali Xo‘jaqulov oqlanib, joriy yilning 1 noyabridan Qibray tumani hokimining qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya, ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga qayta tiklangan.

Deputatga ko‘ra, uni o‘z ishiga tiklash haqidagi 2021 yil 26 may kuni qabul qilingan sud qarori shu kungacha ijro etilmay kelingan.

“Hechdan ko‘ra kech yaxshi deyishadi. Mayli adolat baribir qaror topdi. Rahmonali Xo‘jaqulov misolida nohaq ayblangan, ishdan bo‘shatilgan inson adolat yo‘lida kurashishda davom etsa, albatta, natijaga erishishi mumkin. Shunday ekan adolat va haqiqat yo‘lida kurashishdan to‘xtamaylik!”, deydi deputat.

Ma’lumot uchun, Xo‘jaqulov Rahmonali Abdusattorovich 1966 yil Bekobod tumanida tug‘ilgan. U shuningdek, Prezidentning Toshkent viloyatidagi Xalq qabulxonasi mutaxassisi lavozimida faoliyat olib borgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

477

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing