Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudi raisi Prezident maslahatchisiga o‘rinbosar bo‘ldi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining fuqarolar huquqlarini himoya qilish va murojaatlar bilan ishlash masalalari bo‘yicha maslahatchisining birinchi o‘rinbosar tayinlandi. Bu haqda O‘zA yozmoqda. 

Ma’lum qilinishicha, Prezident Shavkat Mirziyoyevning joriy yil 24 noyabr kuni imzolagan farmoniga binoan, Baxtiyor Jahongirovich Islomov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining fuqarolar huquqlarini himoya qilish va murojaatlar bilan ishlash masalalari bo‘yicha maslahatchisining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan.

Shu munosabat bilan u jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudining raisi lavozimidan ozod etilgan. 

Prezident maslahatchisining sobiq birinchi o‘rinbosari Ulug‘bek Muhammadiyev joriy yilning iyul oyida Davlat xizmatlari agentligi direktori etib tayinlangan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

158

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing