Jiddiy operatsiya: Turkiya tankeri AQSH samolyotiga osmonda yonilg‘i quydi (video)

Olam

image

Bugun, 17 iyun kuni Turkiyaning F-16 qiruvchilari AQSH Qurolli Kuchlari Yevropa qo‘mondonligi (EUCOM) iltimosiga binoan Amerikaning B-52 samolyotini xavfsiz hududga kuzatib qo‘ydi. Bu haqda Turkiya Milliy mudofaa vazirligi ma’lum qildi.

“Bundan tashqari, Turkiyaning KC-135R tanker samolyoti amerikalik bombardimonchi samolyotga havoda yonilg‘i quydi”, deyiladi xabarda.

Ma’lumot o‘rnida, Turkiya va AQSH NATO doirasida harbiy hamkorlik qiladi. 1949 yilda Yevropani Sovet Ittifoqidan himoya qilish uchun tashkil etilgan ushbu harbiy blokka Turkiya 1952 yilda qo‘shilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

543

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing