Jeyms Franko filmda Kroyff obrazini gavdalantiradi
Sport
−
12:04 233 1 daqiqa
Jeyms Franko “Stoichkov: Bir paytlar Bolgariyada” filmida Yoxan Kroyff obrazini gavdalantiradi. Bu haqda film prodyuserlari ma’lum qildi.
Ularning ta’kidlashicha, mazkur loyiha Bolgariya kinosi tarixida ikki nafar Gollivud yulduzi – Jeyms Franko va Jim Kevizel bir filmda ishtirok etayotgan ilk holat hisoblanadi.
“Oskar” mukofotiga nomzod bo‘lgan Franko filmda jahon futbolidagi eng nufuzli shaxslardan biri bo‘lgan Kroyff obrazini yaratadi. Unda Kroyffning Xristo Stoichkov uchun Yevropa futbolidagi katta sahnaga yo‘l ochishdagi roli ham aks ettiriladi.
Jeyms Franko o‘z avlodining taniqli amerikalik aktyorlaridan biri hisoblanadi. U Denni Boylning “127 soat” filmidagi roli uchun “Eng yaxshi aktyor” nominatsiyasida “Oskar”ga nomzod bo‘lgan. Shuningdek, aktyor ikki marta “Oltin globus” mukofotiga sazovor bo‘lgan.
Frankoning eng mashhur filmlari qatoriga “O‘rgimchak odam” trilogiyasi, “Milk”, “Ananas ekspressi” va “Maymunlar sayyorasining yuksalishi” kabi kartinalar kiradi. Filmda Xristo Stoichkovning futboldagi ilk qadamlaridan tortib, “Barselona”dagi muvaffaqiyatlari, “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritishi va 1994 yilda AQSHda o‘tkazilgan Jahon chempionatidagi ishtirokigicha bo‘lgan faoliyati hikoya qilinadi.
Live
Barchasi