Jerar Pike va Shakira ajrashishini rasman e’lon qildi

Sport

image

“Barselona” futbolchisi Jerar Pike va xonanda Shakira ajralishlarini e’lon qildi. Juftlik bu yangilikni qo‘shma bayonotda rasman bildirgan. Bu haqda EFYe agentligi xabar berdi.

“Yo‘llarimiz ajralayotganidan afsusdamiz. Farzandlarimiz farovonligi bizning ustuvor vazifamiz bo‘lib qoladi. Biz bir-birimizdan shaxsiy hayot qoidalariga rioya qilishni so‘raymiz. Tushunganingiz uchun rahmat”, deyiladi Pike va Shakira bergan bayonotda.

Eslatib o‘tamiz, Pikening xiyonati tufayli Shakira ajrashishga qaror qilgani haqida xabar bergan edik.

Ma’lumot o‘rnida, Pike va Shakira 2011 yildan beri munosabatda bo‘lib kelmoqda, biroq juftlik rasman turmush qurmagan. Ularning ikki farzandi bor.

 

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

160

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made