JCH oldidan Kuba boks delegatsiyasi Toshkentga keldi

Sport

image

Bugun, 12 oktyabr kuni havaskor boksda jahonning yetakchi terma jamoalaridan biri Kuba delegatsiyasi to‘liq tarkib bilan O‘zbekistonga keldi. 

2019 yilda O‘zbekiston boks federatsiyasi raisining birinchi o‘rinbosari Saken Po‘latov Kuba boks federatsiyasi prezidenti Alberto Puig bilan uchrashib, yaqindan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish yuzasidan muzokaralar o‘tkazgan. Ushbu kelishuvga ko‘ra, 2019 yilning noyabr oyida O‘zbekiston terma jamoasi Kubada o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari olib borgandi. Endilikda Kuba terma jamoasi O‘zbekistonda o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini o‘tkazadi.

Ayni paytda O‘zbekiston terma jamoasi Toshkent viloyatining Yangiobod o‘quv bazasida yig‘in olib bormoqda. Bugun kubaliklar ham ushbu yig‘inga qo‘shiladi va har ikki mamlakat bokschilari Jahon chempionatiga birgalikda tayyorgarlik ko‘radi. Qayd etish lozimki, kubaliklar tarkibida Tokio Olimpiadasining uch nafar chempioni ham bor. 

Qo‘shma o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini 22 oktyabrga qadar davom etadi va o‘sha kuni har ikki terma jamoa Belgrad shahriga jo‘nab ketadi. 

Eslatib o‘tamiz, 2019 yil Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida tashkil etilgan so‘nggi Jahon chempionatida o‘zbekistonlik bokschilar 3 ta oltin, bittadan kumush va bronza medalni qo‘lga kiritgan holda umumjamoa hisobida 1-o‘rinni band etgandi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston AIBA Jahon chempionati Boks Kuba Saken Po'latov Alberto Puig

Baholaganlar

141

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing