JCH debyutanti yana sensatsiya qayd etdi
Sport
−
22 iyun 15586 2 daqiqa
Bugun, 22 iyun kuni 2026 yilgi Jahon chempionatining “H” guruhi 2-turidan o‘rin olgan Urugvay va Kabo-Verde terma jamoalari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. AQSHning Mayami shahridagi “Xard Rok” stadionida bo‘lib o‘tgan bahs 2:2 hisobida durang bilan tugadi.
Uchrashuvni norvegiyalik hakam Espen Eskos boshqarib bordi. Hisob 21-daqiqada ochildi. Kabo-Verde terma jamoasi yarim himoyachisi Kevin Lenini jamoasini oldinga olib chiqdi.
Urugvayliklar birinchi bo‘lim oxirida javob qaytarishdi. 44-daqiqada Maksimiliano Arauxo hisobni tenglashtirgan bo‘lsa, birinchi bo‘limga qo‘shib berilgan vaqtning 6-daqiqasida Agustin Kanobbio gol urib, Urugvayni oldinga olib chiqdi.
Biroq 61-daqiqada Kabo-Verde hujumchisi Elio Varela hisobni yana tenglashtirib, jamoasiga muhim ochko keltirdi. Shu tariqa, terma jamoalar o‘z hisobiga bir ochkodan yozib qo‘ygan holda turnir jadvalida 2 va 3-o‘rinlarni egallab turibdi. Ispaniya terma jamoasi esa guruhda yetakchilik qilmoqda.
O‘yinda kiritilgan gollarni ushbu havola orqali tomosha qilishingiz mumkin.
Ma’lumot uchun, birinchi turda Urugvay Saudiya Arabistoni bilan 1:1 hisobida durang o‘ynagan edi. Kabo-Verde esa Ispaniyadan ochko tortib olib, bahsni 0:0 hisobida yakunlagandi.
Guruh bosqichining so‘nggi turida Urugvay Ispaniyaga qarshi maydonga tushadi. Kabo-Verde esa Saudiya Arabistoni bilan bahs olib boradi. Har ikki uchrashuv joriy yilning 27 iyun kuni bo‘lib o‘tadi.
Live
Barchasi