JCH-2030 mezbonligi uchun kurash kuchaymoqda
Sport
−
20 Sentabr 2023
3568Marokash, Portugaliya va Ispaniya 2030 yilgi Jahon chempionatiga mezbonlik qilmoqchi. Bu haqida sport jurnalisti Rob Xarris o‘z X sahifasida ma’lum qildi.
Manbaga ko‘ra, uch mamlakat futbol federatsiyalari rahbarlari Madridda uchrashib, 2030 yilgi Jahon chempionati mezbonligi uchun FIFA’ga rasmiy so‘rov jo‘natish bo‘yicha muzokara o‘tkazgan.
Marokash, Portugaliya, Ispaniya va Ukraina JCH-2030 mezbonligi uchun qo‘shma ariza taqdim etgandi, biroq keyinchalik Ukraina futbol assotsiatsiyasi prezidenti Andrey Pavlenko mamlakat mezbonlikka da’vogarlar qatoridan chiqqanini ma’lum qilgan. Bunga sabab sifatida mamlakatdagi urush holati ko‘rsatilgan.
2030 yilgi Jahon chempionatini o‘tkazish huquqi uchun Urugvay, Argentina, Paragvay va Chili qo‘shma ariza topshirgan. Misr va Gretsiya mamlakatlari ham da’vogarlar qatorida bor.
JCH-2030 mezboni 2024 yil FIFA’ning 74-kongressida ma’lum bo‘ladi.
2026 yilgi jahon chempionati AQSH, Meksika va Kanadada o‘tkaziladi. JCH-2026da ilk bor 48 ta jamoa ishtirok etadi.