JCH-2026: O‘zbekiston saralashda azaliy raqibi bilan to‘qnashadi

Sport

image

Futbol bo‘yicha 2026 yilgi Jahon chempionati va 2027 yilgi Osiyo kubogi musobaqalarining 2-qo‘shma saralash bosqichiga qur’a tashlandi.

Qur’aga ko‘ra, O‘zbekiston milliy terma jamoasi “E” guruhidan joy oldi. Guruhda Srechko Katanets shogirdlariga Eron va Turkmaniston jamoalari raqiblik qiladi. Guruhdagi yana bir jamoa nomi 1-saralash bosqichida, ya’ni Gonkong va Butan terma jamoalari o‘rtasidagi bahsda ma’lum bo‘ladi.

Osiyo qit’asida saralash bahslari shu yilning oktyabridan 2025 yilning noyabr oyigacha bo‘lib o‘tadi.

 

O‘zbekiston terma jamoasi guruhdagi dastlabki uchrashuvini shu yilning 16 noyabr kuni safarda Turkmanistonga qarshi o‘tkazadi. 21 noyabr kuni esa Eron O‘zbekistonga keladi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston milliy terma jamoasi JCh-2026

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing