JCH-2026 qur’a tashlash marosimi uchun savatlar ma’lum bo‘ldi
Sport
−
20 noyabr 2025 1065 1 daqiqa
2026 yilgi Jahon chempionati qur’a tashlash marosimi 5 dekabr kuni Vashingtondagi Kennedi markazida bo‘lib o‘tadi. Terma jamoalar qur’ada FIFA’ning so‘ngi reytingi asosida savatlarga ajratiladi. FIFA’ning so‘nngi reytingidan keyin 4 ta savatdagi jamoalarni bilib olish mumkin.
Yangilangan reytingga ko‘ra, O‘zbekiston milliy terma jamoasi 50-o‘ringa ko‘tarilib, Osiyo jamoalari orasida 5-o‘rinni egalladi. O‘zbekistondan yuqorida Osiyoning Yaponiya (18), Eron (20), Janubiy Koreya (22) va Avstraliya (26) terma jamoalari joy olgan. Hozirda O‘zbekiston MTJ reytingda 1462.03 ochkoga ega.
Reytingda eng yuqori o‘rinlarni egallagan jamoalar:
1-o‘rin: Ispaniya
2-o‘rin: Argentina
3-o‘rin: Fransiya
Qura tashlash uchun savatlar quyidagicha ajratildi:
Savat 1: Kanada, Meksika, AQSH, Ispaniya, Argentina, Fransiya, Angliya, Braziliya, Portugaliya, Gollandiya, Belgiya, Germaniya.
Savat 2: Xorvatiya, Marokash, Kolumbiya, Urugvay, Shveysariya, Yaponiya, Senegal, Eron, Janubiy Koreya, Avstriya, Ekvador, Avstraliya.
Savat 3: Norvegiya, Panama, Misr, Jazoir, Paragvay, Tunis, Shotlandiya, Kot-d’Ivuar, Qatar, O‘zbekiston, Saudiya Arabistoni, Janubiy Afrika.
Savat 4: Iordaniya, Kabo-Verde, Gana, Kyurasao, Gaiti, Yangi Zelandiya, UEFA vakili 1, UEFA vakili 2, UEFA vakili 3, UEFA vakili 4, pley-off 1, pley-off 2.
Marosimda qur’a natijalari e’lon qilingach, barcha guruhlar aniq bo‘ladi va muxlislar turli ssenariylarni taxmin qilishlari mumkin.
Live
Barchasi