JCH-2022 ochilish o‘yinida ekvadorliklar nega golni tiz cho‘kib nishonladi?
Sport
−
21 noyabr 2022
11147Kecha, 20 noyabr kuni Qatarda start olgan Jahon chempionatida Ekvador terma jamoasi mezbon jamoani 0:2 hisobida mag‘lub etdi. Enner Valensiyaning ikkinchi golidan so‘ng jamoa a’zolari aylana bo‘lib o‘tirib oldi va har bir futbolchi ko‘rsatkich barmog‘ini osmonga qaratdi. Ekvador futbolchilari ushbu golni sobiq jamoa a’zosi Kristian Benites xotirasiga bag‘ishladi.
Ma’lumot uchun, 2013 yilda Ekvador hujumchisi Kristian Benites vafot etgan edi. U Qatar – Ekvador uchrashuvi bo‘lib o‘tayotgan Doha shahrida vafot etgandi.
Jamoadoshlarining so‘zlariga ko‘ra, Benitesga o‘sha kuni zudlik bilan tibbiy yordam ko‘rsatilmagan. Bir necha soat o‘tgach, futbolchida nafas yetishmovchiligi paydo bo‘lgan va asoratlar yurak xurujiga olib kelgan.
Ma’lumot o‘rnida, Ekvador terma jamoasi “A” guruhida endilikda Niderlandiya va Senegal jamoalari bilan o‘yin to‘qnash keladi.
Mushtariy G‘aniyeva
LiveBarchasi
07 noyabr 2023
07 noyabr 2023
07 noyabr 2023