JCH-2022: Germaniya guruhdagi raqiblarining imkoniyatini baholadi
Sport
−
02 aprel 2022
5271Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Xans-Diter Flik Jahon chempionatining guruh bosqichidagi raqiblari yorqin va qiziqarli ekanini aytib o‘tgan.
Shuningdek Flikning so‘zlariga ko‘ra, Yaponiya terma jamoasi ham muntazam mundialda ishtirok etib keladi. Shu sabab ular ham mahoratli jamoa hisoblanadi.
“Bu oson bo‘lmaydi, lekin oldimizga katta maqsadlar qo‘yganmiz. Barchamiz uchun yorqin va qiziqarli guruh bo‘ldi. Biz o‘zimizni boshqalardan ustun qo‘ymasligimiz kerak. Yaponiya Jahon chempionatida muntazam qatnashadi. Ularning asosiy futbolchilari Bundesligada to‘p suradi. Demak, ular yuqori mahoratga ega jamoa hisoblanadi. Umuman olganda, biz Yaponiya bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazmoqchi edik. Endi esa bu haqda gap ham bo‘lishi mumkin emas.
2006 yilgi Jahon chempionatining ochilish o‘yinida Kosta-Rika bilan o‘ynagandik va o‘sha o‘yin (4-2) yoqimli xotiralarni qoldirdi. Jamoalarning hech biri joyida turmaydi. Hamma o‘z kuchiga kuch qo‘shmoqda, har kimning o‘ziga xos jozibasi bor. Bizning dastlabki ishimiz guruh bosqichini zabt etish bo‘ladi”, degan Flik.
Ma’lumot o‘rnida, Jahon chempionatining final bosqichida Germaniya Ispaniya, Yaponiya va Kosta-Rika yoki Yangi Zelandiya bilan bir guruhdan joy oldi.
Aytgancha, 2018 yili Rossiyada o‘tkazilgan Jahon chempionatida aynan Osiyo qit’asi vakili bo‘lgan Janubiy Koreya terma jamoasi Germaniyani 2-0 hisobida mag‘lub etgan holda guruh bosqichidayoq mundial bilan hayrlashishini ta’minlab bergandi.
Ma’ruf Abdumalikov
LiveBarchasi