JB O‘zbekistondagi 25 ta loyihaga qariyb $5 mlrd tikadi
Jamiyat
−
21 yanvar 2022
7094Jahon banki O‘zbekistonda umumiy qiymati qariyb 5 milliard AQSH dollariga teng 25 ta loyihani hayotga tadbiq etadi. Bu haqda joriy yil 18 yanvar kuni Jahon bankining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Marko Mantovanelli boshchiligidagi bank delegatsiyasining Qashqadaryo, Surxondaryo va Buxoro viloyatlari hududiy boshqaruv, ijtimoiy soha vakillari, tadbirkorlar hamda jamoatchilik vakillari bilan onlayn uchrashuvlarida so‘z bordi.
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, tomonlar Jahon bankining 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan hamkorlik Dasturini muhokama qilgan.
Bundan tashqari, uchrashuvlarda Jahon banki guruhining 2016–2021-moliyaviy yillardagi O‘zbekiston bilan hamkorlik dasturini amalga oshirish natijalari, erishilgan muvaffaqiyatlar, Jahon bankining O‘zbekistondagi joriy dasturi portfeli (2022 yil 1 yanvar holatiga ko‘ra, umumiy qiymati qariyb 5,0 mlrd AQSH dollari miqdoridagi 25 ta loyiha), yangi hamkorlik dasturini shakllantirishda asosiy yo‘nalishlar bo‘yicha takliflar ham muhokama qilindi.
Jahon bankining 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan hamkorlik Dasturini muhokama etish maqsadida Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlari vakillari bilan ham uchrashuvlar o‘tkazilgan.
Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 29 noyabrdagi farmoyishiga muvofiq, Jahon banki bilan hamkorlikda 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan hamkorlik Dasturini tayyorlash, uni mamlakat taraqqiyot Strategiyasi bilan uyg‘unlashtirish maqsadida hamkorlikning 10 ustuvor yo‘nalishida 10 ta ishchi guruh shakllantirilgan.
LiveBarchasi