Jazo koloniyalarida alkotesterdan foydalanish yo‘lga qo‘yiladi
Jamiyat
−
15 iyul
3843O‘zbekistondagi jazoni ijro etish manzil-koloniyalarida jazo muddatini o‘tayotgan mahkumlar tomonidan sodir etilayotgan tartibbuzarliklar sonini kamaytirish maqsadida ushbu muassasalarda alkotesterdan foydalanish yo‘lga qo‘yiladi. Bu bo‘yicha Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalariga qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi buyruq loyihasi muhokamaga chiqarildi.
Manzil-koloniyalarida jazo muddatini o‘tayotgan mahkumlarning muassasa hududida erkin harakatlanishga imkoniyati mavjudligi, shu bilan birga, ish bilan bog‘liq tarzda muassasa hududidan tashqarida ham bo‘lishlari oqibatida ularni nazorat qilish jarayonida qiyinchilikni yuzaga keltiradi.
Shu boisdan ham jazo muddatini o‘tayotgan mahkumlar tomonidan alkogol mahsulotlari, shuningdek, tarkibida spirt bo‘lgan boshqa mahsulotlarni iste’mol qilish holatlari faktini tezkorlikda aniqlash maqsadida koloniya faoliyatiga alkotester moslamalarini joriy qilish zarurati mavjud. Shu tufayli jazoni ijro etish muassasalari navbatchilik qismlariga alkotester vositasini o‘rnatish orqali manzil-koloniyalarda jazo o‘tayotgan mahkumlar tomonidan sodir etilayotgan tartibbuzarliklar sonini kamaytirish maqsad qilingan.
Normativ-huquqiy hujjatlarda alkotesterdan foydalanish tartibi belgilanadi.
LiveBarchasi