Javobgarlikka tortmaslik evaziga pul talab qilgan FVV xodimi qo‘lga tushdi
3-sahifa
−
20 fevral
5869Samarqandda ma’muriy javobgarlikka tortmaslik evaziga 600 AQSH dollari talab qilgan Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimi ushlandi. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi xabar berdi.
DXX Samarqand viloyati boshqarmasi hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti viloyat boshqarmasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Samarqand tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi Aholi va hududlarni muhofaza qilish bo‘yicha kichik inspektori Sh.J. mahalliy fuqarodan pora olayotgan vaqtda qo‘lga olingan.
Ma’lum bo‘lishicha, Sh.J. xizmat mavqeyidan foydalanib, vakolatiga kirmasada, Favqulodda vaziyatlar tuman bo‘limi yo‘riqchi-qutqaruvchisi hamda Profilaktika va nazorat bo‘linmasi kichik inspektori bilan birgalikda Samarqand tumani “Qaynama” MFY hududida joylashgan “O.P.” va "R.K. 777" mas’uliyati cheklangan jamiyatlarida yong‘in xavfsizligi yuzasidan tekshirish o‘tkazgan. Yakunda “O.P” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari L.R.ning o‘zi va opasi K.R.ga tegishli "R.K. 777" MCHJlarda yong‘in xavfsizligi talablari bo‘yicha bir qator kamchiliklar aniqlanganini vaj qilib, ushbu kamchiliklarni tekshirish dalolatnomasiga qayd etmasligi va ularni ma’muriy javobgarlikka tortmasligi uchun 600 AQSH dollari miqdoridagi pul mablag‘ini berishni talab qiladi.
Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro Sh.J. talab qilingan 600 AQSH dollari miqdoridagi pullarni firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Ushbu holat yuzasidan fuqaro Sh.J.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qonuniy chora ko‘rilishi belgilandi.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Namanganda Davlat xizmatlari markazi (DXM) xodimi ming dollar pora bilan ushlangandi.
LiveBarchasi