Javob zarbasi: G‘azodan Isroilga 100 ta raketa otildi
Olam
−
06 avgust 2022
16543Isroil armiyasining G‘azo sektoriga uyushtirgan havo hujumiga javoban anklav hududdan ham 100 ta raketa uchirildi. Bu haqda “Anadolu” agentligi “Islomiy jihod” guruhining harbiylashtirilgan qanotiga asoslanib, xabar bergan.
Shuningdek, Falastinning HAMAS harakati siyosiy byurosi rahbari Ismoil Xoniya Qatar Tashqi ishlar vaziri Muhammad bin Abdurrahmon Al-Tani bilan Isroilning G‘azo sektoriga uyushtirgan hujumlarini muhokama qilgan.
Xoniyaning so‘zlariga ko‘ra, "G‘azoda falastinliklarga qarshi sodir etilgan jinoyatlar Isroilning tajovuzkor niyatlarining ifodasidir. Biroq Isroil buni asossiz bahonalar bilan yashirmoqda".
HAMAS harakati rahbari G‘azoga hujumlarni to‘xtatish zarurligini aytib o‘tgan.
Bundan tashqari, Misr Tashqi ishlar vazirligi Qohiraning G‘azoda tinchlikni ta’minlash va qon to‘kilishini tugatishga qaratilgan intensiv aloqalari haqida xabar bergan. Bundan avvalroq esa Qohira Tel-Avivga G‘azoga hujumlarni zudlik bilan to‘xtatish zarurligi haqida aytgan.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 5 avgust kuni Isroil armiyasi G‘azo sektoriga hujum qildi va “Islomiy jihod” guruhi markazlariga zarba berdi.
G‘azoga zarba berilishi oqibatida 10 nafar falastinlik, jumladan, 5 yoshli bola halok bo‘ldi, yana 55 kishi yaralandi.
LiveBarchasi