Javohir va Bibisora jamoasi Hindistondagi turnirda bronza medalni qo‘lga kiritdi

Sport

image

O‘zbekistonlik grossmeyster Javohir Sindorov va qozog‘istonlik shaxmatchi Bibisora Assaubayeva “Fyers American Gambits” jamoasi tarkibida Bangalorda o‘tkazilayotgan Tech Mahindra Global Chess League musobaqasida bronza medallarni qo‘lga kiritdi.

Tech Mahindra Global Chess League turnirining so‘nggi kuni Javohir Sindorov boshchiligidagi “Fyers American Gambits” jamoasi fransiyalik taniqli grossmeyster Maksim Vashe-Lagrav sardorligidagi “Cheq Mumba Masters” jamoasiga qarshi bronza medallari uchun bahs olib bordi. “Fyers American Gambits” har ikki uchrashuvda ham g‘alaba qozonib (4:2, 3,5:2,5), musobaqaning bronza medalini qo‘lga kiritdi. 

Turnir chempionligi uchun kechgan bahsda Magnus Karlsen boshchiligidagi “Alpine Apl Pipers” jamoasi Yan Nepomnyashiy sardorligidagi “Ganges Grandmasters” jamoasiga kutilmaganda imkoniyatni boy berib, kumush medallar bilan kifoyalandi. “Ganges Grandmasters” chempionlik shohsupasiga ko‘tarildi.

Musobaqa chempioni bosh sovrin bilan birga 250 000 AQSH dollari miqdoridagi mukofot pulini ham qo‘lga kiritdi. Kumush medal sohiblari esa 125 000, bronza medal egalari Javohir Sindorov va Bibisora Assaubayeva jamoasi 75 000 dollarga ega chiqdi. To‘rtinchi o‘rinni band etgan “Cheq Mumba Masters” jamoasi 50 000 AQSH dollari bilan taqdirlandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing