Javohir Sindorov Karuana bilan durang o‘ynadi
Sport
−
11 aprel 1254 1 daqiqa
Bugun, 11 aprel kuni o‘zbekistonlik shaxmatchi Javohir Sindorov 2026 yilgi Nomzodlar turnirining 11-turida qora donalarda o‘ynab, amerikalik grossmeyster Fabiano Karuana bilan durang o‘ynadi. U hamon 8,5 ochko bilan turnirda yetakchilik qilmoqda.
Tur yakunlariga ko‘ra, boshqa partiyalardagi natijalardan kelib chiqib, jadvalning yuqori qismida jiddiy o‘zgarishlar yuz bermadi. Peshqadamlar asosan murosa yo‘lini tanladi, bu esa o‘zbekistonlik grossmeyster uchun qo‘l keldi.
.jpg)
Ertaga, 12 aprel kuni bo‘lib o‘tadigan 12-turda Sindorov oq donalarda Hikaru Nakamuraga qarshi dona suradi.
Ma’lumot uchun, 2026 yilgi Nomzodlar turniri 29 martdan 15 aprelga qadar Kiprda bo‘lib o‘tmoqda va unda sayyoraning sakkiz nafar eng kuchli grossmeysteri ishtirok etmoqda. Ishtirokchilar ikki davrada (14 tur) bahs olib boradi. G‘olib amaldagi jahon chempioni Dommaraju Gukesh bilan shaxmat toji uchun o‘yinda ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritadi. Turnirning sovrin jamg‘armasi 700 ming yevroni tashkil etadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalgi turda Sindorov turnirdagi oltinchi g‘alabasini qo‘lga kiritib, tarixga kirgandi va bu 2013 yildan beri ushbu turnir uchun rekord natija bo‘ldi.
Live
Barchasi