Javohir meni masxara qilardi – Assaubayeva
Sport
−
11:51 2270 1 daqiqa
Qozog‘istonlik shaxmatchi Bibisora Assaubayeva Hindistonning Bangalor shahrida bo‘lib o‘tayotgan Tech Mahindra Global Chess League-2026 jamoaviy turniridagi ilk g‘alabasi haqida fikr bildirkan, o‘zbekistonlik shaxmatchi Javohir Sindorovni ham eslab o‘tdi.
“Nihoyat, ushbu turnirdagi birinchi partiyamda g‘alaba qozondim. Ba’zida o‘zim o‘ynaydigan uslub tufayli bu hech qachon sodir bo‘lmaydi, deb o‘ylardim. Kecha esa Javohir men bilan hazillashib: “Balki, g‘alabalarimdan birini senga berishim kerakdir, chunki menda ular juda ko‘p”, dedi. Ammo endi o‘z g‘alabam bor, deb o‘ylayman va jamoamiz o‘yinda g‘alaba qozonganidan juda xursandman”, deydi shaxmatchi.
Turnirning sakkizinchi turida Bibisora Assaubayeva ayollar o‘rtasidagi bahsda rossiyalik Polina Shuvalovani 3:0 hisobida mag‘lub etdi. Shu tariqa u birinchi turdagi mag‘lubiyati uchun revansh oldi.
“FYERS American Gambits” jamoasi “Ganges Grandmasters” ustidan 13:5 hisobida g‘alaba qozondi. Assaubayeva uchrashuvning eng yaxshi o‘yinchisi uchun individual mukofotga ham sazovor bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, Javohir Sindorov va Bibisora Assaubayeva Hindiston davom etayotgan jamoaviy turnirda bir jamoada ishtirok etmoqda.
Live
Barchasi