Jasur Umirovning sudi yopiq tarzda o‘tkaziladi
Jamiyat
−
06 yanvar 2021
15229Avvalroq Jasur Umirovga nisbatan ochilgan jinoyat ishi sudga yuborilgani haqida xabar beragn edik. Jinoyat kodeksining 118-moddasi (nomusga tegish) 3-qismi “a” bandi bilan ayblangan Jasur Umirovga oid jinoyat ishi jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand viloyati sudiga kelib tushgan. Bu haqda Oliy Sud Matbuot xizmati xabar berdi.
Shu bilan birga, ushbu jinoyat ishi doirasida A. Z. va Sh. Q. ham Jinoyat kodeksining 238-moddasi (yolg‘on guvohlik berish) 1-qismi va 241-moddasi (jinoyat haqida xabar bermaslik yoki uni yashirish) 2-qismi bilan ayblanib sudga berilgan.
Mazkur jinoyat ishi bo‘yicha ayblanuvchi Jasur Umirovga “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi, ayblanuvchilar A. Z. va Sh. Q. ga “garov” ehtiyot choralari qo‘llanilgan.
Jinoyat ishi joriy yil 6 yanvar kuni Jinoyat-protsessual kodeksining 391-moddasi (jinoyat ishining hududiy jihatdan sudlovga tegishliligi) tartibida, ya’ni jinoyat sodir etilgan hududdagi jinoyat ishlari bo‘yicha Kattaqo‘rg‘on shahar sudiga mazmunan ko‘rib chiqish uchun yuborilgan.
Xabarga ko‘ra, shbu jinoyat ishi Jinoyat-protsessual kodeksining 19-moddasi (sudda jinoyat ishlarining oshkora ko‘rilishi) 1-qismi talablariga muvofiq yopiq tarzda ko‘rib chiqiladi.
Ishni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha alohida bayonot beriladi.
LiveBarchasi