Jasur Umirovga jinoiy ish qo‘zg‘atishni rad etgan IIB tergovchisi tekshiriladi
Jamiyat
−
03 fevral 2021
28274Avvalroq, xonanda Jasur Umirov voyaga yetmagan Sh.M.ni nomusiga tekkani, unga nisbatan Samarqand viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 118-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, 2020 yilning 21 dekabr kuni qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanilgani haqida xabar bergan edik. Keyinchalik Jasur Umirovning sudi yopiq tarzda o‘tkazilishi aytildi. Sud hukmi bilan Umirov va boshqalar aybdor deb topilib, ularga nisbatan sud hukmi bilan tegishli jazolar tayinlandi.
Samarqand viloyati prokuraturasining xabar berishicha, Jasur Umirovning ishi bo‘yicha dastlab jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad etgan IIB tergovchisining harakatlari prokuratura tomonidan o‘rganilmoqda.
Ma’lumot uchun, dastlab Kattaqo‘rg‘on tuman IIB TB tergovchisi yuz bergan holatda biron-bir shaxsning harakatida jinoyat alomatlari mavjud emasligi haqidagi asos bilan JPKning 83-moddasi 2-bandiga asosan jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad etish haqida qaror qabul qilgan edi.
LiveBarchasi