Jasadi jarlikdan topilgan fuqaro bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot berildi 

Jamiyat

image

Avvalroq, Qashqadaryoda joriy yilning 2 may kuni uyidan chiqib ketib, qaytib kelmagan fuqaroning jasadi jarlikdan topilgani haqida xabar bergandik. Ushbu holat yuzasidan viloyat Ichki ishlar boshqarmasining Matbuot xizmati qo‘shimcha ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 2 aprel kuni Z.I. Jarqo‘rg‘on tumanidan Angor tumanida yashovchi fuqarolar J.B. va J.K. bilan birga chorva mollarini Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanining Qashqadaryo viloyatining Yakkabog‘ tumaniga tutash tog‘lariga boqish uchun yo‘lga chiqib ketgan. Joriy yilning 2 may kuni esa Qamashi tumani davlat o‘rmon xo‘jaligi 13-kvartal Qaloq-Qo‘ton uchastkasi hududida bedarak yo‘qolgan. 

Olib borilgan qidiruv tadbirlari davomida joriy yilning 20 may kuni Qamashi tumani davlat o‘rmon xo‘jaligining 13-kvartalidagi Qaloq-Qo‘ton nomli yer maydoni hududidagi taxminan 100-120 metr chuqurlikdagi jarlik tubidan bedarak yo‘qolgan fuqaro Z.I.ning jasadi topilib, olib chiqilgan.

Mazkur holat yuzasidan Qamashi tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

2177

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing