JARdan sovrinlar bilan qaytishdi
Jamiyat
−
06 avgust 2019 2579 1 daqiqa
1-6-avgust kunlari Janubiy Afrika Respublikasining Durban shahrida o‘tkazilgan Xalqaro matematika musobaqasida (IMC 2019) O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari 14ta medal va 2 ta faxriy yorliqni qo‘lga kiritdi.
Qorako‘l tumanidagi 1-IDUMIning 7-sinf o‘quvchisi Anvarjon Rahmatov musobaqaning oltin medaliga sazovor bo‘ldi. Peshku tumanidagi 18-maktabning 10-sinf o‘quvchisi Jahongir Norboyev kumush, Qorako‘l tumanidagi 1-IDUMIning 9-sinf o‘quvchisi Olimjon Olimov, Kitob tumanidagi 1-IDUMIning 10-sinf o‘quvchisi Eldor Neymatov, Buxoro viloyati, Qorako‘l tumanidagi 1-IDUMIning 7-sinf o‘quvchisi To‘ymurod Qodirov, Urganch shahridagi 6-IDUMIning 7-sinf o‘quvchisi Bekzod Maqsudov bronza medal bilan taqdirlandi.
Shu bilan birga jamoaviy masala yechish musobaqasida O‘zbekiston terma jamoasi bronza medaliga sazovor bo‘ldi.Musobaqada Janubiy Koreya, Xitoy, Singapur, Gonkong, AQSH, Buyuk Britaniya, Kanada, Avstraliya, Ruminiya, Bolgariya kabi jami 41 davlatdan 500dan ortiq o‘quvchilar matematikaning kombinatorika, sonlar nazariyasi, geometriya bo‘limlariga oid murakkab va nostandart masalalarni yechishda bellashdi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025