JARda yonilg‘i tashuvchi mashina portlashi oqibatida 10 kishi halok bo‘ldi (video)

Olam

image

Janubiy Afrika Respublikasining Gauteng provinsiyasida yonilg‘i tashuvchi avtomashinaning portlashi oqibatida 10 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “SABC News” xabar berdi.

Hodisa Gauteng provinsiyasining Boksburg shahrida sodir bo‘lgan. Yonilg‘i tashuvchi mashina shifoxona yaqinidagi ko‘prik ostida qolib ketgan. Voqea joyiga yetib kelgan o‘t o‘chiruvchilar yong‘inni o‘chirishga harakat qilgan, biroq tez orada tanker portlab ketgan. Oqibatda bir necha kishi, jumladan, qutqaruvchilarning o‘zlari ham halok bo‘lgan va jarohatlangan. Dastlab OAV sakkiz kishi halok bo‘lgani haqida xabar berdi.

“Ko‘prik tagida yuk mashinasi tiqilib qolganini ko‘rdim, yaqin atrofda yonayotgan ikkita mashina bor edi. Biz odamlarning bir joyda to‘planib qolganini ko‘rdik, yonilg‘i juda xavfli bo‘lgani uchun ularni haydab chiqarishga harakat qildik. Keyin alanga kuchaydi, o‘t o‘chirish mashinasi uzoqlasha boshladi, chunki ular keyin nima bo‘lishini bilishardi. Keyin kuchli portlash bo‘ldi va men orqaga tashlandim”, deydi guvohlardan biri.

Voqea joyiga viloyat rahbari Panyaza Lesufi va boshqa rasmiylar yetib borgan. Favqulodda xizmatlar jarohatlanganlarga hodisa joyida yordam ko‘rsatmoqda.

Sohiba Komilovna


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

59

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing