JAR Putinni hibsga olishga order bergan XJSdan chiqmoqchi
Olam
−
26 aprel 2023
12517Janubiy Afrika Respublikasi Putinni hibsga olishga order bergan Gaagadagi Xalqaro jinoiy suddan chiqishni istamoqda. Bu haqda “Aljazeera” xabar berdi.
Qayd etilishicha, mamlakat Prezidenti Siril Ramafosa hukmron Afrika Milliy Kongressi partiyasi bunga qaror qilganini bildirgan. Bundan avval mart oyida Xalqaro jinoiy sud Rossiya Prezidenti Vladimir Putinni ukrainalik bolalarning noqonuniy deportatsiya qilinishida aybli deb topib, uni qamashga order bergan edi. Bu esa shu yilning avgust oyida Rossiya rahbari JARning Pretoriya shahriga BRICS sammitida qatnashish uchun kelganida hibsga olinishi kerakligini anglatadi.
Janubiy Afrika Respublikasi xalqaro maydonda yakkalab qo‘yilgan Rossiyani Ukrainaga bosqinda ayblashdan bosh tortib kelmoqda. Mamlakat neytral pozitsiyani himoya qilib, urushni to‘xtatish uchun muloqot zarurligiga urg‘u beradi.
Ramafosa Xalqaro jinoiy suddan chiqish qaroriga sudning “ba’zi mamlakatlarga nisbatan adolatsiz munosabati” asos bo‘lganini ta’kidlagan.
Ma’lumot uchun bu mamlakatning birinchi marta Xalqaro jinoiy sud tarkibidan chiqishga urinishi emas. JAR 2016 yilda ham bunga qaror qilgandi. O‘shanda genotsid va urush jinoyatlarida ayblangan Sudan prezidenti Umar al-Bashir Afrika Ittifoqi sammitida qatnashish uchun JARga kelganida hisbga olinmagan va natijada mamlakat tanqidlarga uchragandi. Shundan so‘ng, JAR Xalqaro jinoiy suddan chiqishini e’lon qilgan, biroq mahalliy sud bunday harakatni konstitutsiyaga zid deb topgani uchun u bekor qilingan.
LiveBarchasi
29 Oktabr