Japarov yil oxirigacha Qirg‘iziston chegarasidagi muammolarni hal qilishga va’da berdi

Olam

image
Avvalgi hukumatlar xatosini takrorlamaymiz – Japarov o‘zbek-qirg‘iz chegara muammosiga izoh berdi north_east

Avvalgi hukumatlar xatosini takrorlamaymiz – Japarov o‘zbek-qirg‘iz chegara muammosiga izoh berdi

Qirg‘iziston yil oxirigacha chegaradagi bahsli uchastkalar bilan bog‘liq muammolarni hal qiladi. Bu haqda Respublika Prezidenti Sadir Japarov bugun, 5 may kuni mamlakat poytaxti Bishkek shahrida Konstitutsiya kuni munosabati bilan so‘zlagan nutqida aytib o‘tdi.

“Biz bu yil qo‘shni davlatlar bilan chegara masalasida kelishuvga erishishni maqsad qilib qo‘ydik”, deydi u.

Japarov chegaralarni belgilash masalasi o‘nlab yillar davomida hal qilinmaganini ta’kidlagan.

“Bundan tashqari, biz qo‘shnilarimizga transport va havo yo‘laklari, chegarada iqtisodiy va madaniy aloqalarni rivojlantirish bo‘yicha qator davlatlararo loyihalarni, shu jumladan suvdan foydalanish kabi murakkab masalalar bo‘yicha chora-tadbirlarni taklif qilmoqchimiz”, deydi Qirg‘iziston rahbari.

Japarov, shuningdek, Qirg‘iziston yetakchi va o‘ziga xos tashqi siyosiy loyiha – Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi bilan hamkorlikni davom ettirishini hamda Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan ham ikki tomonlama,  ham 5+1 formatida aloqalarni rivojlantirishini ma’lum qilgan.

Eslatib o‘tamiz, Tojikiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi 900 km dan ortiq chegaraning 370 kmdan ortig‘i hozirgacha belgilanmagan. Aynan ushbu bahsli hududlar vaqti-vaqti bilan ikki mamlakat aholisi o‘rtasida to‘qnashuvlar zonasiga aylanmoqda.

Ma’lumot o‘rnida, joriy yilning 28 aprelida qirg‘iz-tojik chegarasida mojaro boshlanib, 1 may kuni yakunlandi. 3 kun davom etgan  ziddiyat ikki tomondan 50 dan ortiq tinch aholini halok qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

86

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing