Japarov rafiqasi hamrohligida Toshkentga yetib keldi
Jamiyat
−
08 noyabr 2023
8270Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov rafiqasi Aygul Japarova hamrohligida Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining (IHT) o‘n oltinchi sammitida ishtirok etish uchun Toshkentga yetib keldi. Bu haqda O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripovning matbuot kotibi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, oliy martabali mehmonni Toshkent xalqaro aeroportida Bosh vazir Aripov va boshqa rasmiylar kutib olgan. Shundan so‘ng Japarov va rafiqasi o‘zi uchun ajratilgan qarorgohga jo‘nab ketgan.
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tadigan IHT sammitida ishtirok etish uchun bunga qadar, Qozog‘iston Respublikasi Bosh vaziri Alixan Smailov va Pokiston muvaqqat hukumati rahbari Anvar ul-Haq Kakar poytaxtga yetib kelgan.