Japarov oziq-ovqat xavfsizligi masalasida Rossiya bilan birlashishni taklif qildi

Olam

image

Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov Markaziy Osiyo davlatlari va Rossiya Federatsiyasiga oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashning yagona tizimini yaratishni taklif qildi. Bu haqda u bugun, 14 oktyabr kuni Ostonada “Markaziy Osiyo-Rossiya” sammitidagi nutqida aytib o‘tdi.

“Mamlakatlarimizning oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha yagona strategiyani yaratish zarur”, deydi u.

Uning ta’kidlashicha, kelajakda ayrim tovarlar taqchilligi yuzaga kelganda ichki bozorni himoya qilish va import o‘rnini bosish bo‘yicha birgalikda chora-tadbirlar ko‘rish zarur.

“Sanksiyalar mintaqaning barcha davlatlari va ular aholisining kundalik hayotiga bevosita ta’sir qiladi”, deydi Japarov. 

Shu munosabat bilan u mintaqaning iqtisodiy barqarorligini mustahkamlashning yangi usullarini izlashni taklif qilgan.

Japarovning eslatishicha, so‘nggi paytlarda mintaqaning barcha davlatlari bilan Rossiya o‘rtasida tovar ayirboshlash hajmi oshgan. Bundan tashqari, Qirg‘iziston Prezidenti Markaziy Osiyoning sayyohlik imkoniyatlaridan kengroq foydalanishni ham taklif qilgan.

Sammitda Japarov davlatlarni respublikaning istiqbolli energetika sektoriga faolroq sarmoya kiritishga chaqirgan.

“Mamlakatimizning energetika salohiyati 150 milliard kVt/soatga baholangan, ammo hozirda atigi 10 foizga yaqinidan foydalanilmoqda. Shuning uchun biz qayta tiklanadigan energiya manbalarini yaratishga sarmoya kiritishdan manfaatdormiz, barcha investorlarni o‘zaro manfaatli hamkorlikka taklif qilaman”, deydi Qirg‘iziston rahbari.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

134

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing