Japarov Markaziy Osiyoni xavfdan himoya qilish yo‘lini aytdi 

Olam

image

Markaziy Osiyoda xavfsizlik kamari yaratilishi kerak. Bu haqda Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov Shanxay hamkorlik tashkiloti sammitida so‘z ochdi

“Mintaqada xavfsizlik kamarini shakllantirishga alohida e’tibor qaratish lozim”, degan u. 

Ta’kidlanishicha, bu qaror Afg‘onistondagi vaziyat bilan bog‘liq. Qirg‘iziston Prezidentining fikricha, kamarni shakllantirish davlatlarning ustuvor vazifasi bo‘lishi kerak. 

Japarovga ko‘ra, birgalikdagi sa’y-harakatlar SHHT makonida barqarorlik va xavfsizlikni saqlashga imkon beradi. 

“Tolibon” harakati hokimiyat tepasiga kelganidan so‘ng, xalqaro terrorizm va ekstremizm kuchlarining tahdid va qiyinchiliklariga qarshi turish masalalari alohida ahamiyatga ega”, degan u. 

Sadir Japarov SHHT davlatlarini Afg‘onistondan keladigan tahdidlarga qarshi yagona strategiya ishlab chiqishga chaqirgan. U SHHTga a’zo davlatlarga tajovuz qilinishiga yo‘l qo‘ymaslik kerakligini ta’kidlagan. 

“Bundan tashqari, Afg‘onistondan bo‘lajak migratsiya oqimini nazorat qilish zarur”, degan Japarov. 

Qirg‘iziston Prezidenti, shuningdek mamlakat Afg‘onistonga gumanitar yordam ko‘rsatishga tayyorligini va harbiy mojaroni erta tugatish tarafdori ekanligini qo‘shimcha qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

638

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing