Japarov Qirg‘iziston va O‘zbekiston o‘rtasida davlatlararo kengash tuzishni taklif qildi

Jamiyat

image

Joriy yilning 16 fevral kuni Qirg‘iziston va O‘zbekiston o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganiga 30 yil to‘ladi. Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov yubiley yilida hamkorlikni kengaytirish uchun davlatlararo kengash tuzish va ikki davlat tashqi ishlar vazirliklariga tegishli hujjatlarni tayyorlash bo‘yicha topshiriq berishni taklif qildi. Ushbu taklifni u O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Qirg‘izistongan davlat tashrifi doirasidagi uchrashuvda aytib o‘tgan. Bu haqda “24kg” xabar berdi.

“Ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi shartnomani imzolash orqali davlatlararo munosabatlar maqomini oshirish va davlat rahbarlari darajasida oliy davlatlararo kengash tuzishni muhim deb bilaman”, deydi Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov O‘zbekiston rahbari bilan uchrashuvda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing