Japarov Issiqko‘lga bepul kirishga oid farmonni imzoladi

Olam

image

Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov barcha dam oluvchilar uchun Issiqko‘l plyajlariga cheklovsiz va bepul kirishga oid farmonni imzoladi. Bu haqda respublika rahbari matbuot xizmati xabar berdi. 

“Farmon Issiqko‘lning sohil hududlariga bepul kirishini ta’minlash maqsadida imzolangan. O‘zgartirishlar Issiqko‘lning sohil zonalariga barcha fuqarolarning bepul kirishini ta’minlashni nazarda tutadi”, deyiladi xabarda. 

2022 yilda Japarov imzolagan farmonga ko‘ra, Issiqko‘l viloyati aholisi ko‘lning barcha plyajlariga bepul kirish huquqiga ega edi. Shundan so‘ng Qirg‘iziston ommaviy axborot vositalari mahalliy dam olish markazlari vakillari va ko‘lga hududiga kira olmagan boshqa viloyatlar aholisi o‘rtasidagi mojarolar haqida xabar tarqatdi. 

Avvalroq Japarov ko‘l yaqinidagi plyaj hududlarida, jumladan, pansionatlar, mehmonxonalar va dam olish uylari yaqinidagi barcha to‘siqlarni olib tashlashni buyurgan edi. 

Issiqko‘l Qirg‘izistonning shimoli-sharqiy qismida joylashgan bo‘lib, uning uzunligi qariyb 180 km, kengligi 40-60 km, maksimal chuqurligi esa 700 metrdan sal ko‘proqni tashkil etadi. Ko‘l noyob tabiiy ob’ekt hisoblanadi, chunki unga 80 ga yaqin tog‘ daryolari quyiladi, biroq hech biri oqib chiqmaydi.

Issiqko‘l viloyati Qirg‘izistonda sayyohlarni qabul qilish uchun mo‘ljallangan. Viloyatga har yili 1,5 milliondan ortiq xorijlik tashrif buyuradi, ularning aksariyati Rossiya, Qozog‘iston va O‘zbekiston fuqarolaridir.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing