Janubiy Sudan aholisi ochlik sababli karantinni buzmoqda — SSV
Olam
−
08 may 2020
4250Ochlik xavfi Janubiy Sudan aholisini koronavirus sabab joriy qilingan karantin qoidalarini buzishga majbur qilmoqda. Bu haqda bugun, 8 may kuni mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi xodimi ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, aniqlangan koronavirus bilan kasallangan bemorlarning yaqinlari mamlakat rasmiylarining qarori bilan izolyatsiya ostida. Ammo ular oziq-ovqat izlab uylarini tark etishga majbur bo‘lmoqdalar. Bu esa infeksiyani tarqalish ehtimolini oshiradi.
“Ularni karantin qoidalarini buzishga undaydigan narsa ochlik. Ularda oziq-ovqat va suv yo‘q, shuning uchun ular tashqariga chiqishadi“, deydi Sog‘liqni saqlash vazirligi xodimi Angok Gordon Kuol.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Janubiy Sudanda koronavirus bilan bog‘liq 74 ta holat aniqlangan. Sog‘aygan va o‘lim holati qayd etilmagan.
LiveBarchasi