Janubiy Koreyadagi o‘zbekistonliklar ogohlantirildi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasining Koreya Respublikasidagi elchixonasi ushbu mamlakatdagi o‘zbekistonliklarni turli mitinglar, namoyishlar va ommaviy yig‘inlarda ishtirok etmaslikka chaqirmoqda. Bu haqda elchixonaning Telegram-kanalida tegishli ogohlantirish e’lon qilindi.

Qayd etilishicha, Koreya Respublikasidagi bugungi ichki siyosiy o‘zgarishlarga qaramasdan, mamlakatdagi kundalik hayot odatdagidek davom etmoqda. Shu bilan birga, yaqin kunlar ichida Koreya Konstitutsiyaviy sudi tomonidan impichment bo‘yicha yakuniy qaror e’lon qilinishi arafasida Seul shahrida yirik namoyishlar va mitinglar o‘tkazilishi kutilmoqda.

Shu bois fuqarolar Janubiy Koreyada turli mitinglar, namoyishlar va ommaviy yig‘inlarda ishtirok etmaslikka, odamlar gavjum joylarga bormaslikka, Seul bo‘ylab harakatlanish yo‘nalishlarini oldindan rejalashtirishga, shaxsiy xavfsizlik va sog‘liqni ehtiyot qilishga,  ijtimoiy tarmoqlarda provokatsion xabarlarni tarqatmaslikka, rasmiy yangiliklarni kuzatib borishga va mahalliy hokimiyat organlarining ko‘rsatmalariga amal qilishga chaqiriladi.

Zarurat bo‘lgan holatda quyidagi telefon raqamlariga murojaat qilish so‘ralgan:

  • +82 10 3213 4505;
  • +82 10 2909 4334;
  • +82 2 574 6554.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi Turkiyada Istanbul shahri hokimi Ekrem Imomo‘g‘lining hibsga olinishi ortidan boshlangan namoyishlar sababli ogohlantirish bilan chiqqan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Janubiy Koreya ogohlantirish namoyish miting

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing