Janubiy Koreyada vertolyot qulashi oqibatida 5 kishi halok bo‘ldi

Olam

image

Bugun, 27 noyabr kuni Janubiy Koreyada vertolyot qulashi oqibatida kamida besh kishi halok bo‘ldi. Bu haqda "Yonhap" agentligi o‘t o‘chiruvchilarga tayanib xabar berdi.

Vertolyot soat 10:50 da halokatga uchragan. Hodisa Kanvondo provinsiyasining Yanyan okrugida sodir bo‘lgan. Mahalliy hokimiyat tomonidan ijaraga olingan Amerikaning Sikorsky kompaniyasining S-58T vertolyoti o‘rmon yong‘inlarining oldini olish maqsadida hududni aylanib chiqayotgan bo‘lgan. 

Voqea joyida 28 texnika, 114 o‘t o‘chiruvchi va bitta vertolyot ishlagan.

Mamlakat Bosh vaziri Xan Dok Su voqea oqibatlarini bartaraf etish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solishni buyurgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

139

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing