Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik migrantlar jarimaga tortildi
Olam
−
27 Oktabr 4704 1 daqiqa
Koreya Respublikasida qonunchilik talablarini buzib, noqonuniy maqomga tushgan 26 nafar O‘zbekiston fuqarosi jarimaga tortildi. Bu haqda O‘zbekiston Migratsiya agentligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Janubiy Koreya Adliya vazirligi, Politsiya, Dengiz politsiyasi, Bandlik vazirligi hamda Transport vazirliklari hamkorligida joriy yilning 12 dekabrigacha davom etadigan qo‘shma reydlar o‘tkazilmoqda.
Reydlar – noqonuniy yashovchilar, mahalliy aholining ish o‘rinlarini egallayotgan xorijliklar, vositachilar hamda axloq me’yorlariga zid faoliyat yurituvchilarni aniqlashga qaratilgan.
APEC 2025 KOREA sammiti arafasida Gyonju shahri va unga yaqin hududlarda nazorat yanada kuchaytirilmoqda. Qonunbuzarlik aniqlansa, jarima, deportatsiya, Koreyaga kirish ta’qiqi qo‘llanadi. Shu bilan birga, Adliya vazirligi reydlar davomida chet elliklarning inson huquqlarini himoya qilishga ham e’tibor qaratishini ma’lum qilgan.
Joriy yilning shu davriga qadar Koreya Respublikasida E-9 vizasi asosida mehnat faoliyatini amalga oshirish davrida qonunchilik talablarini buzib, noqonuniy maqomga tushgan 26 nafar O‘zbekiston fuqarosiga nisbatan O‘zbekiston Migratsiya agentligi tomonidan uch tomonlama shartnoma asosida (noqonuniy yurgan har bir oy uchun 2000 AQSH dollari miqdorida) jarima choralari qo‘llanilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSHning Jorjiya shtatida joylashgan Hyundai elektromobil akkumulyatorlari ishlab chiqarish zavodida Migratsiya xizmati tomonidan o‘tkazilgan reyd davomida 300 dan ortiq Janubiy Koreya fuqarolari qo‘lga olingandi.
Live
Barchasi