Janubiy Koreyada magistral tunnel yonib ketdi, qurbonlar bor (video)
Olam
−
29 dekabr 2022
5051Koreyaning Seul janubidagi Gvacheon shahrida joylashgan shossedagi tunnelda yong‘in sodir bo‘ldi. Oqibatda kamida besh kishi halok bo‘ldi, 37 kishi jarohatlandi. Bu haqda “Yonhap” agentligi xabar berdi.
Yong‘in soat 13:49 da boshlangani aytilmoqda.
Qutqaruvchilar dastlab qurbonlar sonini oltita deb taxmin qilishgan, biroq keyinroq beshtaga to‘g‘rilab, bir qurbon ikki marta sanalganini ma’lum qilgan. 37 kishi esa tutundan zaharlanish tufayli jarohatlangan. Ularning aksariyati yengil holatda, ammo uch kishi jiddiy jarohat olgan, jumladan, kuyish alomatlari bor.
Mas’ullar dastlab yong‘in avtobus va ahlat tashuvchi mashina o‘rtasidagi to‘qnashuvdan keyin boshlanganini e’lon qilgan. Ammo keyinroq aniq sababni o‘rganish uchun qo‘shimcha tergov zarurligini aytgan va halokatli yong‘in uchun faqat yuk mashinasi javobgar bo‘lishi mumkinligi ehtimolini ochiq qoldirgan.
Rasmiylarning bildirishicha, yong‘inda 45 ta mashina yo‘q qilingan.
Ma’lum qilinishicha, Janubiy Koreya Prezidenti Yun Seok Yol qo‘shimcha qurbonlar bo‘lmasligi va qutqarilganlarga to‘liq tibbiy yordam ko‘rsatish uchun halokat joyini sinchiklab tekshirishni buyurgan.
Rasmiylarning aytishicha, qutqaruv operatsiyasi natijalariga qarab qurbonlar soni yanada ortishi mumkin.
Voqea joyiga jami 94 ta o‘t o‘chirish mashinasi, 219 ta o‘t o‘chirish texnikasi va vertolyotlar jo‘natilib, soat 16:12 da yong‘in to‘liq o‘chirilgan.
Sohiba Komilovna
LiveBarchasi